
Alisher Navoiy korpusi

355
Orazing guldur, gul uzra sunbuli tar kokulung,
Olloh-Olloh, gul yuzin qilmish muanbar kokulung.
Qomatingdur sham'u ruxsoringdur aning shu'lasi,
Shu'laning dudidur, ey sho'xi sitamgar, kokulung.
Ochqaningda nega har tori arodur yuz girih,
Gar ko'ngullar band qilmaydur sarosar kokulung?
Ne ajab, husn ahlining sultoni bo'lsang xossakim,
Mushkdin qo'ydi quyosh boshig'a afsar kokulung.
Sunbuledurkim, sarosar chirmashibdur sarv ila,
Naxli qadding birlakim bo'lmish barobar kokulung.
Istasangkim, bo'lmag'ay oshufta-yu darham, degil,
Qilmasun bizni parishonholu abtar kokulung.
Gar Navoiyg'a dimog' oshufta bo'lsa, tong emas,
Chun separ har dam yuzung o'tig'a anbar kokulung.