
Alisher Navoiy korpusi

356
Ishq o'tidin qismatim dardu balomu qilmading,
Dudi birla xonumonimni qaromu qilmading.
Kuymakimga barqi ofat qilmadingmu ohni,
O'lmakimga ashkni sayli balomu qilmading.
Zulm tig'idin tanimni qilmadingmu band-band,
Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading.
Dema, ey ko'zkim, ne qildim, gar seni ko'r istasam,
Bir boqib, yuz ming balog'a mubtalomu qilmading.
Ey ko'ngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Bilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading.
Shikva qilsak sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading.
Bahri ishq ichra, Navoiy, oshnolig' topmading,
To bu bir ko'zni Aras, ul birni Omu qilmading.