Alisher Navoiy korpusi

357

Ne bo'ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang,

Vafog'a va'da qilib, va'dag'a vafo qilsang.

Tanimni qurb fizosida xoki rah etting,

Boshimni vasl eshikiga oshno qilsang.

Sunub qo'lumni yuzungga, murod etib hosil,

Ochib yuzungni, ko'zum hojatin ravo qilsang.

Visol avji biyik, ey ko'ngul qushi, sen past,

Yetishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.

Jahon g'amin chu olur, ber qadahni, ey soqiy,

Olurmen, ikki jahon mulkiga baho qilsang.

Zamona ahli jafosin tag'oful aylarsen,

Alar tag'oful etib, kosh sen jafo qilsang.

Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas,

Navoiyo, necha bulbul kibi navo qilsang.

  • Semantik izoh: