Alisher Navoiy korpusi

358

Otashin ruxsori ochib, xonumonim o'rtading,

Xonumonim xud ne bo'lg'ay, jism-u jonim o'rtading.

Dema, ne qildim, ne qildim, jon-u ko'nglungni olib,

O'rtading, ey qotili nomehribonim, o'rtading!

Dilraboliq birla chun yoqting jamoling shu'lasin,

Xasta ko'nglum olg'ach-o'q, ey dilsitonim, o'rtading.

To'lg'anib kuysam, ajab yo'q, o'tqa tushkan rishtadek,

Chun firoq o'tig'a jismi notavonim o'rtading.

O'tqa solding sabr-u aql-u jon-u ko'nglum barchasin,

Yo'q-u borim kuydurub, yaxshi-yomonim o'rtading.

Sog'aring jon-u jahondin ortug' ermish, soqiyo,

Lekin ul o't birla-o'q jon-u jahonim o'rtading.

To Navoiydek belu og'zing xayoli birlamen,

Ushbu yo'q savdoda paydo-vu nihonim o'rtading.

  • Semantik izoh: