Alisher Navoiy korpusi

359

Elga ishqidin g'araz mehr-u vafosidur aning,

Gar meni o'ltursa, maqsudim rizosidur aning.

Bo'lmas ul begonavash chun oshno, bo'l, ey ko'ngul,

Bir kishiga oshnokim, oshnosidur aning.

Novaki zaxmin ko'zumdin chiqmasun deb, zaxmini

Kiyr ila tuttum, sog'inmangkim, qorasidur aning.

O'qi sufori ko'ngulda gar qizardi, ne ajab

Kim, bag'ir pargolasi har dam g'izosidur aning.

Sabr xaylin ko'nglum o'z girdinda qo'ymas, go'yiyo

Kirpik-u qoshing xayoli o'qu yosidur aning.

Dahr bo'stonida bukim chok erur gul ko'nglaki,

Bulbul ahvolig'a go'yokim azosidur aning.

Shod o'lubtur faqr ko'yida Navoiy, uylakim,

Saltanat farshi gadolig' bo'ryosidur aning.

  • Semantik izoh: