Alisher Navoiy korpusi

36

Ey, sanga qomati diljo' ra'no,

Tavru tarzing dog'i asru ra'no.

Paykaru qaddinga volihmenkim,

Ul biri nozuk erur, bu ra'no.

Ul pariy uchqusi ra'noliqdin,

Odami muncha bo'lurmu ra'no.

Qomating nozuk-u To'bi nozuk,

Sarv ra'novu tarong'u ra'no.

Ey musulmonlar, o'larmenkim, erur

Asru ul sarvi sumanbo' ra'no.

Bevafodur bu chaman, ko'p bo'lmang,

Ey, sapidor ila nojo' ra'no.

Bil, Navoiyki, g'izolingcha emas,

Chin gulistonida oh-u ra'no.

  • Semantik izoh: