
Alisher Navoiy korpusi

360
Zulfikim, bog'liqdurur har jong'a bir tori aning,
Tandin el jonin, ajab yo'q, cheksa raftori aning.
Tig'i zaxminkim tikarmen, sihhatim ermas g'araz,
Chiqmasun dermen hazin ko'nglumdin ozori aning.
Dona-dona xol ila g'unchangni istab, ko'rki bor
Toza-toza dog' ila ko'nglum namudori aning.
Lablaring shavqida o'lgan xalqdin ko'yungda zog'
To''ma aylabdurki, bo'lmish la'l minqori aning.
Mumkin ermas ul pariy majnunig'a hush, ey hakim,
Kim junun xattidurur bo'ynida tumori aning.
Ey musulmonlar, fig'onkim, kofire ko'nglumdadur,
Kim emas jon rishtasidin o'zga zunnori aning.
Tashnamen, soqiy, shafaqgun may to'la tut sog'are ,
Kim falakni nuqta qilg'ay davr pargori aning.
To quyub og'zimg'a andoq sipqaray ul maynikim,
Qolmasun ul nav' sog'ar ichra osori aning.
Ayta olmon, asray olmon ishq sirrin, ohkim,
Sa'b erur ixfosi-yu mushkildur izhori aning.
Ey Navoiy, fard bo'l, vasl istasangkim, xalqdin
Har kishikim yorlig' uzgay, Xudo yori aning.
Mujda, ey tolibki, yerdin olmag'i mumkin emas,
Bir qadam matlub boshqarmay talabgori aning.