Alisher Navoiy korpusi

361

Ohimni sarsar aylabon, ashkimni to'fon aylading,

Bu sarsaru to'fon bila olamni vayron aylading.

Bir dam yuzin ko'rgan zamon mahrum etarga vaslidin,

Ey yig'lamoq, zo'r aylabon, ey ashk, tug'yon aylading.

Ey hajr, ashkim qonidin yer go'yin etting la'lgun,

Bu go'y shaklin uylakim bir qatrai qon aylading.

Har qatra ashkim qonidin xirqamni aylab dog'-dog',

Jismimda har yerdin nishon bir dog'i hijron aylading.

Gardun baliyat o'qlarin otqanda, ey gul, go'yiyo

Purxori hajring dashtidin har birga paykon aylading.

Chun jonu ko'nglum xirmanin kul aylading, ey barqi ishq

Asrarg'a hajr o'tin magar ul kulda pinhon aylading.

Ey mug', zuloli hajr edi jomi Jam ichra dayr aro,

Sing'an safol ichra solib, durdiga ehson aylading.

Davr ahlidin, eykim, vafo mumkin emas, deding, sanga

Tuttuq musallam, har nechakim man' imkon aylading.

Ey ko'nglum, irshodim bilakim tuttung oyini fano,

Kavnayn ranjidin xalos o'ldung, ne nuqson aylading.

  • Semantik izoh: