
Alisher Navoiy korpusi

362
Ko'rgan el bedodi hijrondin meni yer birla teng,
Ko'rsangiz ishq ahlini, mendin o'pub yer, ishq deng.
Sarv teng tutsa o'zin qadding bila, ul nav'dur
Kim, giyoh o'lg'ay qad ichra sarvi ra'no birla teng.
G'uncha ichra jola lof ursatishing birla ne tong,
Bu adam kunjiga qolib, ul topibdur yerni keng.
Turfadurkim, kufr shomi raf' o'lub, qilg'ay tulu'
Subhi imon zulfin ochib, oshkor etsa ul eng.
Turfaroq bukim, saodat subhida chiqmish degay
Tiyra baxtim axtarikim, ko'rsa ul eng uzra meng.
Aql vasvosi xarob etmish meni hujjat bila,
Soqiyo, bir aysh jomi tut manga vu oni yeng.
Ey Navoiy, yengda pinhon etma ul oy ruq'asin,
Chun sanga uldur hamisha ashk oritmog' birla yeng.