
Alisher Navoiy korpusi

363
Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong,
Bu nav' dahrda yo'q ehtimole tun bila tong.
G'arib zulfu yuz ermasmukim, jahon eliga
Ko'runmamish bu ikining misoli tun bilan tong.
Tongim yorug'-u tunum tiyradurki, chirmashadur
Ko'ngul aro yuz-u zulfung xayoli tun bila tong.
Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar
Ki, bo'ldi zulf-u yuzung poymoli tun bila tong.
Tunung xujasta, tonging qutlug' o'lsun, ey mahvash,
Ki ikki banda sanga bo'ldi xoli tun bila tong.
Biravki, tong-u tunin boda birla o'tkargay,
Yaqinki, bo'lmag'ay aning maloli tun bila tong.
Navoiy etmadi zulf-u visolin kashf,
Valek erur g'amining ittisoli tun bila tong.