Alisher Navoiy korpusi

364

Ey ko'ngul, bir nav' o'lubmen ahli davrondin malul ,

Kim erurmen kimki andii yaxshi yo'q, ondin malul.

Hajr agar budur, netay men jonni, jon netsun men,i

Kim erur har lahza mendin jon-u men jondin malul.

Tengri xalq etmish meni go'yo malolat chekkali,

Kim dame yo'qkim, emasmen xalqi nodondin malul.

Necha dinim uzra titray dilrabolar ko'yida,

Ey, musulmonlar, bo'lubmen kofiristondin malul.

Istasang maqsad, qadam qo'y, ta'n toshidin ne bok,

Ka'ba topti bo'lmag'ay xori mug'ilondin malul.

Ey ko'ngul, fikringni qilkim, do'st-u dushmanlar yuzun

Ko'rmas erdi, bo'lmasa sen zori hayrondin malul.

Ey mug'anniy, tut "Iroq" ohangi-yu ko'rguz "Hijoz",

Kim Navoiy xotiri bo'lmish "Xuroson"din malul.

  • Semantik izoh: