Alisher Navoiy korpusi

365

Ey ko'ngul, men tarki ishq ettim vale fosh etmagil,

Men senga sirrim dedim, sen elni sirdosh etmagil.

Ey ko'z, emdi ayladim har chehradin qat'i nazar,

Qil tahammul dog'i atrofimni qon yosh etmagil.

Soqiyo, qo'ydum ayog'ingg'a sirishkim la'lini,

Lutf etib, bu mayg'a jomi hajr podosh etmagil.

Rishtai mehr uzdum, ey mashshota, zulfi qissasin

Ko'p uzatib, notavon ko'nglumga chirmosh etmagil.

Gar desang qadding bo'lub xam, qolmag'aysan fitnag'a,

Ko'z solib husnig'a, mayli ul ko'z-u qosh etmagil.

Hajr toshin yog'durubkim qavdi, o'lsam, ey rafiq,

Qabrim ustida to'kar toshing juz ul tosh etmagil.

Ey Navoiy, faqr yo'linda yer o'pkil har qadam,

Ya'ni ul yo'lda qadam sayr ichra juz bosh egmagil.

  • Semantik izoh: