
Alisher Navoiy korpusi

366
Qosido, ollinda ahvoli xarobimni degil,
Mufrit anduh birla muhlik iztirobimni degil.
Ishqi ichra za'flig' jismim shikanji sharhin et,
Toru zulfidek o't uzra pech-u tobimni degil.
Ko'yi sayrida ko'rub ani muloyim g'ayr ila,
Ravzai jannat aro do'zax azobimni degil.
Tan tiriklarning hisobi topmag'anni dog'i ayt,
Jonda ham dard-u baloyi behisobimni degil.
Hajr dardidin vujud uyida bir dam to'xtamay,
Har zamon mulki adam sari shitobimni degil.
So'rsakim, g'am bazmida mensiz tuzarmu bazmi aysh,
Qon yoshimdin boda, bag'rimdin kabobimni degil.
Ey Navoiy, g'am bila bexudlug'umdin nukta so'r,
Yor hajrinda bu yanglig' xo'rd-u xobimni degil.