Alisher Navoiy korpusi

367

Eyki, ishq oshubida holim so'rarsen, so'rmag'il,

Ko'zlarimda su ko'rub, ko'nglum aro o't anglag'il.

Ey pariy, devona deb ko'nglumni qavma har zamon,

Da'voyi dildorlig' qilsang, ko'ngulni asrag'il.

Ey, bahori husn, barqi vasl ila kul qil meni,

Notavon ko'nglumga lekin dog'i hijron qo'ymag'il.

Sho'xluqtin buki bog' ichra tilarsen o'ynamoq,

Ko'zlarimning bog'i serobinda bir ham o'ynag'il.

Telba ko'nglumni hamisha qilma majruh, ey pariy,

Tig'i kin yuz qatlakim sursang, biror ham aldag'il.

Kirdi ishq ahli fano dashtig'a, ey majnun ko'ngul,

Istasang yo'l ozmag'aysen, korvondin qolmag'il.

Ey Navoiy, dayr aro bo'lsang gadolig' birla mast,

Bosh qo'yar bo'lsang, safolingni boshingg'a yostag'il.

  • Semantik izoh: