Alisher Navoiy korpusi

368

Ne ato-vu ne o'g'ul, sen shah yigit, men qori qul,

Hech ato ko'rmaydur erkin sen kibi badmehr o'g'ul.

Ishqing otashgohig'a har nechakim qildim nazar,

Shu'lasi o'tluq nafasdur, axgari- qonlig' ko'ngul.

Ro'zgorim hajr dashtida qorarg'an, ayb emas,

Kim aning mushkin nasimi dud erur, tufrog'i kul.

Domi ishqingdin gar ozod aylasang ko'nglum qushin,

O'zga yon qilsa havo, sing'an par-u bolini yul.

Necha qilg'ay dardi dil har dam sanga jon, ey ajal,

Rahm etib, andin meni qutqar, o'zung dog'i qutul.

Istasang maxlas qora qayg'udek anduh shomidin,

Subhdek ollingg'a davrondin nekim yuz bersa kul.

Ey Navoiy, sa'y ila chun vasl hosil bo'lmadi,

Yor lutfig'a tikil emdi-yu g'ayridin to'ngul.

  • Semantik izoh: