Alisher Navoiy korpusi

369

Gah-gah, ey sho'x, meni boshing uchun yod etgil,

Yo boshingdin evurub bir yo'li ozod etgil.

Biymi hijroning ila necha qilursen g'amnok,

Netti bir mujdai vasling bila ham shod etgil.

Bording-u uzr bukim tuzmadi bedodimg'a,

Kel dog'i onchaki mumkin esa, bedod etgil.

Noladin ishqki ko'nglumni yitib, yetti firoq,

Emdi, ey telba, fig'on chekkil-u faryod etgil.

Bazmdin surdingu ketmakka erur moni' za'f,

Soqiyo, bir-ikki sog'ar bila imdod etgil.

Faqr dashtida desang forig'-u ozoda boray,

Kir tavakkal bila-yu vahmni barbod etgil.

Ey Navoiy, tilasang ishqda emganmagasen,

O'zni hijron g'ami-yu dardi bila mu'tod etgil.

  • Semantik izoh: