Alisher Navoiy korpusi

37

Zihi la'ling mayidin jong'a yag'mo,

Ko'zungnung kufridin imong'a yag'mo.

Buzug' ko'nglumga torojingni bas qil,

Kishi solmaydurur vayrong'a yag'mo.

Yuzung ko'z mardumining nurin oldi,

Pariy solg'an kibi insong'a yag'mo.

Bo'lur har sho'x yag'moyi asiri,

Chu ul chobuk solur maydong'a yag'mo

Ajab hayron qolibmenkim, ne olg'ay,

Solib ul ko'z meni hayrong'a yag'mo.

Yuzung ko'rguz manga andin burunkim,

Xazondin yetkay ul bo'stong'a yag'mo.

Ko'zidin zulf agar to'lg'ondi, tong yo'q

Ki, solmish turk Hindistong'a yag'mo.

Junun dashtida ne axz aylagay ishq,

Bukim solg'ay meni uryong'a yag'mo.

Navoiy, anda chekti davr ayog'i

Ki, soldi jomi may davrong'a yag'mo.

  • Semantik izoh: