Alisher Navoiy korpusi

370

Qoshlaringdinkim erur qonlig' ko'ngul ichra xayol,

Ul qizil kog'azda nundur, bu shafaq ichra hilol.

Tutmayin ko'nglumda taskin qaddi vaslin istamon,

Qayda payvand etsalar, tutqay o'zi, tutmay nihol.

Sarvning "sen"i kibi boshinda dastor uzra chin,

Nargis uzra nuqta monandi ko'zung ustida xol.

Za'flig' jismimdadur har yon bo'g'inlardin girih,

Nol torig'a erur garchi tugun tugmak mahol.

Lolagun may tobidin ul oy qizarmish yo magar

Sho'xluqtin lolazor ustida ag'naptur g'azol.

Davr elida gar vafo yo'q, sen vafo qilg'il, valek

Kimni xushhol etsang, andin tut o'zungga yuz malol.

To Navoiy zulfi yanglig' poybo'sin istadi,

Gah parishonhol erur ul zulfdek, gah poymol.

  • Semantik izoh: