Alisher Navoiy korpusi

371

Do'stlar, ul sarvqad hajrinda chun bo'ldum qatil,

Sarv eking, gar qo'ymoq istarsiz mazorim uzra mil.

Ko'hi hajr egnimda istarmen ani sur'at bilan,

Shavqdin xasdek tanimg'a ermas andoq yuk saqil.

Za'f aro sunbulni gar zulfung dedim, tong yo'qki, bor

Xastag'a javzo tuni yaldo tuni yanglig' tavil.

Rashkdin bir-birga qiymas mehrini jon-u ko'ngul,

Rost andoqkim hasud el molig'a bo'lg'ay baxil.

Buki hijron tig'idin ko'ksumni yuz chok aylading,

Yuz dalilim bor, agar har chok bo'lsa bir dalil.

Dayr jannat, huri ayndur xo'bluqtin mug'bacha,

May zuloli birla kup – Aynan tusammo salsabil.

Gar yuzung istab Navoiy ko'zlaringga xordur,

Ne ajab, din ahli kuffor ollida bo'lmoq zalil.

  • Semantik izoh: