
Alisher Navoiy korpusi

372
Hajring kunin bir yilcha-vu har soatin bir oycha bil,
Hayrat mahalli bo'lmag'ay o'n ikki oy gar bo'lsa yil.
Ul ishvagar chun ochti yuz – ko'zga nazar yo'q, tilga so'z
Kim, ashkdin bog'landi ko'z, hayratdin ul yanglig'ki til.
Chun shahsuvorim otlanur, andin falak la'b o'rganur,
Ishqida jismim to'lg'anur, ul nav'kim o't uzra qil.
To chiqmas ul gul bog'din, bo'lmish bu dard-u dog'din,
Dardim og'irroq tog'din, xoshokdin jismim yengil.
Ey husn aro soxib g'ino, xurshid otangdur, oy- ano,
Istar esang nisbat yana, ham sarv og'o, ham gul singil.
Ko'k mehridin ayyorroq, Bahromdin xunxorroq,
Sen yo falak g'addorroq, ey mehri yo'q mohim, degil?
Ko'rdi Navoiy jon aro g'am shu'lasi hirmon aro,
Ko'z mardumidek qon aro, ko'rgach libosingni qizil.