Alisher Navoiy korpusi

373

Ul guli ra'nog'a nomam xo'b emas yakson qizil,

Safhasi bo'lsa kerak bir yon sarig', bir yon qizil.

Hajr o'tidin qoni ko'nglumning qurubtur, gar ul o't

Zor ko'nglumni qizitmaydur, nedur paykon qizil .

Sarvg'a gulnor bargidin libos etkan kibi,

Chekti gulgun hulla naxli qaddig'a jonon qizil.

Besutun Farhod qabridur qizarg'an loladin,

Yo aning qonidin o'lmish tufrog'i har yon qizil.

Orimas ashkim bila ko'zning qizarg'an raglari,

Bahr mavjidin oqarg'udek emas marjon qizil.

Qon yoshim serob qildi bog'ni, mundin nari

Anda tong ermas ko'karmak sabzavu rayhon qizil.

Gar ko'zung zaxmin ko'ngullar qonin etmaydur g'izo,

Bas, nedin qon to'kkali bo'lmish nachukkim qon qizil.

Charx bahridin bu yanglig' bo'lsa qon yutmoq mudom,

Yo'q ajab, emdi sadaf bermak durri g'alton qizil.

La'li shavqidin sarosar lolagundur ko'z yoshim,

Ey Navoiy, kim ko'rubtur bahri bepoyon qizil.

  • Semantik izoh: