
Alisher Navoiy korpusi

374
Yor hijronida sarvaqtimg'a yetting, ey ajal,
Jon fidong etsam hanuz ozdurki, kelding darmahal.
Jon talashmog'liqqa qo'yma la'li hajridin meni,
Chun erur ta'xir aro ofat, ko'p qilma hayal.
Jonni bot olmoq sanga mushkul esa, jon chekma ko'p,
Qo'yki, bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal.
Hajridin o'lmay visoli no'shidin topsam umid,
Aylagumdur sa'y o'lmaktin tirilmak filmasal.
Hajr bemorig'a qotil zahr erur hayvon suyi,
Ey Masih, asra nafas bu nuktada, qilma jadal.
So'ngg'i kundin xalq tarson, men burun kundin vahim,
Elga g'am shomi abad keldi, manga subhi azal.
Ich Navoiy, g'ussa tahlilig'a gulgun bodakim,
Bir piyola la'li mahlul o'lmadi andin badal.