
Alisher Navoiy korpusi

375
Jong'a zulmungni nechakim ko'nglung istar, oncha qil,
Men cheka olg'ancha demon, sen qila olg'ancha qil.
Qo'zg'adi ko'nglumni bedod aylabon xayli g'aming,
Gar rioyat aylasang, ul mulk qo'zg'olg'ancha qil.
Jonima ming dard solding, ayla mingdin birni daf',
Aytmon anda davo ham dardni solg'ancha qil.
G'am yuki ostida tavshaldurdi hijroning meni,
Iltifot etsang dog'i men zor tavsholg'ancha qil.
Javr-u bedoding tuganmay qolg'an ersa jonima,
Charxdin ham untuj olsang, ol demon, qolg'ancha qil.
Va'dai mehrin manga yuz qatla yolg'on etti charx,
Sen dog'i bemehrlik qilsang, yuz ul yolg'ancha qil.
Ey Navoiy, navha ohangida ko'p qilding fig'on,
Emdi majlis mutribi bu nag'mani cholg'oncha qil.