
Alisher Navoiy korpusi

376
Bu ne qomat, bu ne raftor-u na shakl-u na shamoyil,
Kim etar aqlni madhush, dog'i hushni zoyil
Yuzi kuydurmakima o't, sochi yig'latmog'ima dud,
Ko'zi torojima soiy, qoshi xunrezima qotil.
Jonfizo husni niqob ichra, dog'i el talashib jon,
Qolmag'ay erdi tirik bir kishi, ul bo'lmasa hoyil.
Tig'in egnimga tushurmakni hamoyil tilayolmon,
Qayda ul baxtki, bo'lg'ay qo'li bo'ynumg'a hamoyil.
Ey habib, etma Masih ollida izhori fasohat,
Chun erur dam ura olmasqa labing ollida qoyil.
Aql-u hush-u xirad-u jonni aning yo'lida qo'ydum
Topmadim vasl muhayyo qilibon muncha vasoyil.
Chunki ushshoq uni yoqmas emish ul gul qulog'ig'a
Ey Navoiy, necha bulbul kebi bu na'rai hoyil.