
Alisher Navoiy korpusi

377
Ey musavvir, orazin ko'r, mehri raxshon chekmagil,
Jondin ortiqdur labi, zinhorkim jon chekmagil.
Keldi ul mir'oti husn-u uchmoq istar jon qushi,
Ey ko'ngul, bir lahza urma ohu afg'on chekmagil.
Novakidin jon topib erdimki chekting, ey rafiq,
Emdi bore zaxmidin bir lahza paykon chekmagil.
Eyki, bo'ynum bog'lading ko'yida jurmi ishq ila,
Asra gardanbasta qulni, lek har yon chekmagil.
G'amza tig'idinki ko'nglumni qavarsen oshkor,
Chin esa qullob, zulfung birla pinhon chekmagil.
Mumkin ermas qismat o'lg'an rizqning afzunlig'i,
Bas xaloyiq minnatin, to bo'lg'ay imkon, chekmagil.
Ey Navoiy, xonaqah shayxi ko'p etkay zarqu makr,
Yo'qluq asbobini mug' dayridin oson chekmagil.