Alisher Navoiy korpusi

378

Nachukki dard qirog'i ayog'ing ostida dol,

Uzor nuqtasi yanglig' uzoring ustida xol.

Alif kebi qading ul ikki lomi zulf ichra

Ko'rungach, o'ldum alar vasfin aylamaktin lol.

Taningki moviyi behol hulladin ko'runur,

Tanimni su kebi, tong yo'q, gar aylasa behol.

G'arib holim agar yor so'rmasa, ne ajab,

Ki og'zi yo'qlug'idin yo'qturur mahalli savol.

Malolat etti meni gard, lek qo'rqarmen,

Ki yetkay, ani desam, xotiringg'a gardi malol.

Bu bog' gullari chun bevafodur, ey bulbul,

Xush ul qusheki, taalluqdin o'ldi forig'bol.

Navoiy, istasa dilbar seni firoq ichra,

Murod topma, agar xud muroding o'lsa visol

  • Semantik izoh: