Alisher Navoiy korpusi

379

Iki ko'z manziling, ey mohi mahmil,

Ko'ngulga azm qil manzil-bamanzil.

Ko'zung qotildur, ammo zahr chashming

Erur o'lturmakimga zahri qotil.

Eshikingda yozarmen ohlar, lek

Bo'lur, bir oh cheksam, barcha zoyil.

Meni majnun dedi laylivashim, voy

Ki, bu devonani sog'indi oqil.

Ko'zung chun nimxob erdi, ne tong, gar

Ko'ngul saydini qildi nim bismil.

Erur bir xol birla mabdai fayz,

Sanga gar yetmas, ayla o'zni qobil.

Navoiy, o'zlukung raf' etkim, ul but

Erur maqsud ruxsorig'a hoyil.

  • Semantik izoh: