
Alisher Navoiy korpusi

38
Yor javlongahidin keldi sabo,
Paykarim tufrog'ini qildi habo.
Yuz samandi ayog'ig'a qo'yarim,
Misli kahbargdurur-u kahrabo.
Buki ko'ksumni g'aming qildi shikof,
Xilqatim ko'nglakini qildi qabo.
Bo'ldi bag'rim yarasi ila ufun
Ki, shamimidin erur biymi vabo.
Boshima yog'sa qilich ishqingda,
Bo'lmasun boshim, agar qilsam ibo.
Vahki, jonim bila o'ynay ul tifl,
Sho'xlug' lozimasi keldi sabo.
Panja pashminag'a urdumki, erur,
Ey Navoiy, panahim oliy abo.