Alisher Navoiy korpusi

380

Yoqing o't bergali, ey ishq, hayotimg'a xalal,

Dog'i hajr o'rtagucha o'rtasa nodog'i ajal.

Deb emishsenki, firoqimdag'i ushshoq ichra

Nechasin aylagum oxir, meni bori avval.

Nomai hajrim aro safhai taqvim kebi

Ashk qoni bila har sari chekilmish jadval.

Barqi tig'ingki vujudum xasini kuydurdi,

Dudidin tiyra gar o'lsa, kulidin ber sayqal.

Boshima shu'lai hijron tutashibdur, ne osig',

Kim yorutmas qora hajrim kechasin bu mash'al.

Zohido, boda gunah bo'lsa-vu lekin ne gunah

Bizga bu ishni nasib etti chu qassomi azal.

Ishqdin ko'p gala nazm etti Navoiy, bilmon,

Naylagay, turfa g'azolig'a yetushsa bu g'azal.

  • Semantik izoh: