
Alisher Navoiy korpusi

381
Go'yo lab-u xattingni tarh etkanda naqqoshi azal,
Shingarf-u zangor o'rnig'a la'l-u zumurrad qildi hal.
Fosh etti gohi riqqati ko'z qoni tomg'an hay'ati
Kim, ko'z qorasin furqati qon birla aylabtur badal.
Dog'i firoq, ey dilrabo, andoq ko'zum qildi qora,
Kim ko'z qorasidek manga matlub erur dog'i ajal.
Sen furqat istab kin ila, men yer o'pub tamkin ila,
Qatl ahliga taskin ila qilmoq namoz erur hiyal.
Hajring o'tidin har zamon andoq kuyar ozurda jon,
Kim sog'inur bog'i jinon do'zaxqa kirsa filmasal.
Yuz yilg'a umr o'lsun qarin bir dam ko'rar ahli yaqin,
Bas nedur, ey xilvatnishin, muncha sanga tuli amal.
Vasl-u zamoni bul-ajab, soqiy, qadah tut lab-balab,
Mutrib, tuzat savt-u tarab, o'tkar, Navoiy, bir g'azal.