Alisher Navoiy korpusi

382

Ishqing o'tidin tanim kul bo'ldi, ey badmehr, bil,

Mehr uyi qilsang bino, ul kul bila tarh aylagil.

Gar buzuqta chug'z nolon ko'rmamishsen, zaxmi ko'p

Tan aro afg'on chekar ko'nglum qushin nazzora qil.

Keldi chun ohimdin o't olmoqqa Majnuni zaif,

To'lg'anib churkandi ul o't ichra ul yanglig'ki qil.

G'am tuni za'f ettim andoqkim sahar ul ko'ydin

Subh anfosi uchurg'udek tanim bo'lmish yengil.

Ko'nglaki gulgun behol o'ldi chun jismin quchar,

Naylasun behol bo'lmay, en ko'ngul, oxir degil.

Umrg'a hech e'timode yo'qtur, ey g'ofil ko'ngul,

Oy-u yilni necha mast o'tkargasen, bir ham oyil.

Necha ul kiprik sinonig'a Navoiy ko'nglini,

Har zamon ilg'aysen, ey badmehr, ani bir ko'zga il.

  • Semantik izoh: