
Alisher Navoiy korpusi

383
Kim dedi mehringni ul mahvashqa ravshan aylagil,
Kuch bila joningg'a jononingni dushman aylagil.
Ul pariy chun bordi, xohi telbalardek dasht tut,
Xoh zuhd-u ofiyat kunjini maskan aylagil.
Chun bo'lur ul turfa qush ko'prak ramida, ne asig',
Har zamon yuz qatla gar faryodu shevan aylagil.
Ey quyosh, ishqingda gar sargashta bo'ldi zarraye,
Garm o'lub kuydurma, balkim mehr anga fan aylagil.
Bo'lmasa ul sarvi gulrux, ey ko'ngul, do'zaxcha bor,
Xohi azmi dasht qil, gar mayli gulshan aylagil.
Har ne davrondin kelur, taslim xushtur, ey rafiq,
Naf' chun yo'q, o'zni gar yuz qatla tavsan aylagil.
G'am sipohi qatlig'a mayxonadur dorul-omon,
Ey Navoiy, zinhor ul uyni ma'man aylagil.