Alisher Navoiy korpusi

385

Ey ko'ngul, hijron kunidur, tortib afg'on yig'lag'il,

V-ey ko'z, ayrulg'ungdur ul gulchehradin, qon yig'lag'il.

Ko'z tutarmen, ey bulutkim, o'tsang ul gulshan sari,

Chun sog'insang bizni, un tortib, farovon yig'lag'il.

Rostliq haqqi uchun, ey sham', bir tun bazmida

Chiqsa so'z mendin, kuyub behaddu poyon yig'lag'il.

Ey qadah, qon yutmag'imni majlisinda sog'inib,

Cheksa gulgun boda ul gulbargi xandon, yig'lag'il.

Ko'nglum olg'an chog'da, ey ko'z, man'i ashk ettim, valek

Qasdi jon ham qildi chun ul ko'nglum olg'on, yig'lag'il.

Yo'l qotiq, maqsud mubham, ya's g'olib, ey ko'ngul,

Un chekib bu holinga, to bordur imkon, yig'lag'il.

Ey Navoiy, bel-u og'zidin sanga yo'qtur nasib,

Xoh paydo nola chekkil, xoh pinhon yig'lag'il.

  • Semantik izoh: