
Alisher Navoiy korpusi

386
Hajr o'qidin, ey ko'ngul, har yon qanotlar soz qil,
Ul pariy vasli havosin istabon parvoz qil.
Istasang bir qissa, ey roviyki, el ko'p yig'lag'ay,
Ishq aro ko'rganlarimning sharhidin og'oz qil.
Biz niyoz ahliyu sen noz ahlisen, rahm et gahe,
Qo'y niyoz etmakka bizni goh, o'zung ham noz qil.
Gar desang qatlim so'zinkim yo'q degum yo'q, ey Masih,
O'lgum armon birla, bir dam ham meni hamroz qil.
Rahm oz-u javr ko'p qilmoq sanamlar da'bidur,
Gar qila olsang ani ko'prak, bu birni oz qil.
Berma, ey zohid, ta'ayundin o'zungga imtiyoz,
O'zni eldin beta'ayunluq bila mumtoz qil.
Gar begonamassen Navoiyning nihoniy dardini,
Yona, ey ishq, ohi birla ashkini g'ammoz qil.