
Alisher Navoiy korpusi

387
Tig'i hijroning bila ko'nglumni yuzparkand bil,
Har birin yuz yoraliq bag'rimg'a bir payvand bil.
Dema har torida zulfining nedindur yuz girih,
Har birin ul torlardin yuz ko'ngulga band bil.
Oy-u kun gar volidayi o'lsa ul afzun husn aro,
Ayb emas, ikki sadafqa dur kebi farzand bil.
Yolg'on ahli ishq yanglig' qatlim etma, chehra och,
Bir ko'rub ishq ichra o'lmakka meni xursand bil.
Husnig'a o'xshatting, ey gardun, quyoshingni, valek
On anga monanddek, ani munga monand bil.
Eyki shahsen, lek qilmaysen ravo el hojatin,
O'zni ham o'zdin ulug'roq shahg'a hojatmand bil.
Ey Navoiy, pand eshitmay telba ko'nglung bo'ldi gum,
Desang andoq bo'lmay, ahvolin o'zungga pand bil