Alisher Navoiy korpusi
388
Hullasin ul sarv qildi naxli ra'nodek yashil,
Lek ohim dudidin vahm aylab osrodek yashil.
Evrulur boshig'a bulbullar kebi parvonalar,
Qilg'ali ul sham' kisvat sarvi ra'nodek yashil.
Rangi la'li gar durur qonlig' mujam, tokim erur
Vusma birla qoshi mino tusluq yodek yashil.
Istamas bo'lsa qora el ro'zgorin ul quyosh,
Hullasin bas nevchun etmish charxi xazrodek yashil.
Gar muallim lavhi mino javrin o'rgatmas, nedin
Lavhai ta'limin etti lavhi minodek yashil.
Rev-u rang ahli muridi bo'lmag'ilkim, Xizr emas,
Xirqasin har ahmaq etsa baqli hamqodek yashil.
Ey Navoiy, yuz gul ochti joninga ul sarvinoz,
To libos etti bahori olamorodek yashil.