
Alisher Navoiy korpusi

389
Yuziga, anglamadimkim, niqob erur hoyil,
Quyosh jamolig'a yoxud sahob erur hoyil.
Uzori ustida kokilmu bo'ldi oshufta,
Yo'q ersa gul yuziga mushki nob erur hoyil.
O'qung ko'runmas esa pora-pora ko'nglum aro,
Ne tongki, six ko'rarga kabob erur hoyil.
Buzug' ko'ngul aro ul ganji husndur, yuz shukr
Ki, el ko'zidin anga bu xarob erur hoyil.
Fig'onki, turfa mug'anniy uni bila xushmen,
Vale netayki, yuziga kitob erur hoyil.
Ko'rarsen ani, gar o'zluk hijobin etsang raf',
Agarchi ko'rgali yuz ming hijob erur hoyil.
Navoiy, aylama ko'rmak xayol ul gulni,
Ki bargdin yuziga behisob erur hoyil.