Alisher Navoiy korpusi

39

Ey, yuzung gulbargiga oshufta-vu hayron sabo,

Telbalardek gulshani ko'yungda sargardon sabo.

Qo'pmog'i mumkin emastur, balki tebranmakligi,

Topmasa jonbaxsh la'ling nuktasidin jon sabo.

Sunbuli zulfin agar oshufta qilmaydur, nedur

Kim, shabistong'a esar har dam abirafshon sabo.

Pora-pora jism aro ohim netib qolg'ay nihon,

Bo'lmog' imkon yo'q xas-u xoshok aro pinhon sabo.

Yordin keldi sabo kech kelmakin aylarga fosh,

Ko'nglum ichra tez qildi shu'lai hijron sabo.

Notavonlar ohi ul gul ko'yida har subhidam,

Uyladurkim, gulsiton ichra esar har yon sabo.

Subh chun esti sabo, ichkil qadahkim, bo'lmog'ung

Sen-u ko'p esturgusi bu bog' aro davron sabo.

Lolaruxlar ahdining mahkamligi mumkin emas,

Sobit o'lmoq lahzaye bir yerda ne imkon sabo.

Tong emas, solsa Navoiy ohi ko'yungda g'irev,

Chun guliston sayrida zohir qilur afg'on sabo.

  • Semantik izoh: