Alisher Navoiy korpusi

390

Orazingni bog' aro chun ko'rdi, hayron bo'ldi gul,

Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon bo'ldi gul.

Bodadin gul-gul ko'rub ul yuzni, aning hajridin,

Chok-chok o'lg'an ko'nguldek tah-batah qon bo'ldi gul.

Guluzorim kishvari husn ichra bo'ldi podshoh,

Rost andoqkim, chaman mulkida sulton bo'ldi gul.

Sayri bog' aylarda davron chashmi zaxmi daf'ig'a,

Har taraftin chobukum davrida qalqon bo'ldi gul.

La'li komimdur, qoshimda kelsa ul gul xirmani,

May tilar ko'nglum, chu bazmimda farovon bo'ldi gul.

Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib

Kim, sanga besh kun bu gulshan ichra mehmon bo'ldi gul.

Gul chog'i yori safar aylab, Navoiy jonig'a

Har biri bir toza qonlig' dog'i hijron bo'ldi gul.

  • Semantik izoh: