
Alisher Navoiy korpusi

391
Otashni gul g'unchasidur o'tlug'-u qonliq ko'ngul,
Zor bulbul tumshug'i chokidin afg'onliq ko'ngul.
Bo'stonafro'z erur har yon nihon tuxmi aning,
Hajr xunobi aro yuz dog'i pinhonliq ko'ngul.
Xasta jonning so'gida devonayedur motami,
Ko'kragimning zaxmidin choki giribonliq ko'ngul.
To bo'lub yuz pora, har bir pora zulfung toridin
Birga bog'landi, base topti parishonlig' ko'ngul.
Birki hayron bo'ldi ul orazg'a, ko'rdi xalqdin
Har nafas yuz qatla o'z holig'a hayronlig' ko'ngul.
G'unchalar ermas tikonlar ichrakim, ushshoqdek
Charxdin ko'rguzdi ul ham necha paykonlig' ko'ngul.
Ey Navoiy, ko'nglung oldurma, yo'q ersa sen o'lub,
Ne asig', yuz qatla gar qilsa pushaymonlig' ko'ngul.