Alisher Navoiy korpusi

392

Yuzini ko'rdi badan chokidin xarob ko'ngul,

Uzuldi, baski ayon qildi iztirob ko'ngul.

Chu bo'ldi jilvagar ul ganji husn hasratidin,

Xaroblig' qiladur har zamon xarob ko'ngul.

Magar shikanjai zulfungg'a qoldikim, urdi

O'ziga g'uncha kibi muncha pech-u tob ko'ngul.

Balodurur g'ami ishqing sening vale yuz voy,

Kim ul balodin eta olmas ijtinob ko'ngul.

Sharori oh masallik ul oy havosida ko'r,

Ki pora-pora qilur ko'k sari shitob ko'ngul.

Rioyat ayla sudek sof xalq ko'nglinikim,

Sinar nafas bila ul nav'kim hubob ko'ngul.

Navoiy oncha labingdin dediki, bo'ldi anga

Teshilmaki bila qon ichra la'li nob ko'ngul.

  • Semantik izoh: