Alisher Navoiy korpusi

393

Bormu ul ikki o'rulgon gesuyi anbar shamim,

Yo etak solmish Muhammadda yozilg'an ikki «mim».

Hamd vajhida biri sarchashmai obi hayot,

Haddi lutf ichra biri sarhalqai ahli na'im.

Ul biridin ruhparvar topti anfosi Masih,

Bu birisidin asosin ajdaho ko'rdi kalim.

Jahl aro o'lgan ko'ngullarga dami Iso bo'lub,

Chun esib tanlar quburig'a riyozingdin nasim.

Ko'rmagan bo'lsang ato, ma'ni anga bu bo'ldikim,

Sen kibi chiqmay nubuvvat bahridin durri yatim.

Turfa bukim, Bulbashar keldi atolarg'a ato,

Lek Bulqosim dedi farzand ani bevahm-u biym.

Qidmat ichra barchadin bo'ldung muqaddamroq, valek

Ulki sendindur muqaddamroq, erur hayyi qadim.

Yo nabiilloh salomatdin bo'lub men munharif,

Bir inoyat birla ahvolimni qilg'il mustaqim.

Tong emastur, gar navo bo'stonida topqay maqom,

Chun Navoiy o'zni na'ting ko'yida qildi muqim.

  • Semantik izoh: