Alisher Navoiy korpusi

395

Subhidam gul yoqti sham'-u lola zohir qildi jom,

Ya'ni yoqib sham', ol jomi sabuhiy birla kom.

Jomi gulgun xushturur bir sarvqad sho'x ilgidin,

Ul nafaskim, tong yelidin gulga sarv aylar salom.

Subhkim bulbul maqomi Rost» tuzgay sarv uza,

Bazm uchun tut sen dog'i bir sarv ayog'inda maqom.

Subh nevchun umrdin may birla kome topmag'ay,

Kimsakim, umrig'a yo'qtur e'timod o'lg'uncha shom.

Soqiye xushtur sabohatlig' sabuhi vaqtida,

Lek andin xushroq uldurkim, bu aysh o'lg'ay mudom.

Gul arusig'a berur ziynat chaman mashshotasi,

Su bila har subh to bo'lmish zilol oyinafom.

Sen dog'i bir gul isi birla dimog'ingni qizit,

Vasl savdosin pishur, garchi erur savdoi xom.

Men xud ul sarvi xiromonni dedim, umri aziz,

Vahkim, ul sarvi xiromon bas itik aylar xirom.

Ey Navoiy, umr ishida xud ko'p ihmol aylading,

Qilmasang dunyo ishiga ham bo'lur ko'p ihtimom.

  • Semantik izoh: