
Alisher Navoiy korpusi

396
Xoli xatting uza, ey turfa sanam,
Aylading nuqta xat ustida raqam.
Tushti ko'z zulf ila og'zingg'a, ne tong,
Aylasa ishq vujudumni adam.
O't solib boshima ishq-u tan aro,
Sham'ning rishtasidek pech ila xam.
O'qi zaxmi uza kuydurdum dog',
Qorasi zaxm uza bo'ldi marham.
O'ziga qilmag'an o'zlukni harom,
Harami ishq aro bo'lmas mahram,
Soqiyo, oyinagun jom bila
Bir dam etgil meni Iskandar-u Jam
Ki, na Jam qoldi-yu ne Iskandar,
Itti ul jom ila ul ko'zgu ham.
Shod bo'lkim, ikki olam komi
Arzimaskim, yegasen bir dam g'am.
Ey Navoiy, sanga sa'b o'lsa xirad,
Telbalik silsilasin tut mahkam.