
Alisher Navoiy korpusi

397
Yorg'a yetkach alam, tutti ko'ngul xaylini g'am,
Shahg'a chun ranje yetar, ranjur o'lur mulk ahli ham.
Yor uydin chiqmasa, olam ko'zumga tiyradur,
Chun quyosh chiqmas, jahondin murtafi' bo'lmas zulam.
Ne haroratdur sangakim, kuydi andin olame,
Uylakim o'rtar jahonni mehr o'ti urg'ach alam.
Ne araqdurkim, ichinda g'arqadur nozuk taning,
Bargi guldekkim, gulob ichra cho'mar sar to qadam.
Sarvg'a bog' ichra har yon jilva qilmoq xushturur,
Soyadek nevchun yotibdur sarvi gulzori Iram.
Sensiz ichmak uyladurkim marg jomi ichra zahr,
Obi hayvon birla gar bo'lsa labolab jomi Jam.
Ey Navoiy, sadqasi bo'lg'il alam daf'i uchun,
Men o'lub, gar ul salomat bo'lsa, hech ermas alam.