
Alisher Navoiy korpusi

398
Er uzra tim-tim qon yoshim go'yoki tommas dam-badam,
Kim naqdi vasling bay'ig'a ko'zlar sanar bir-bir diram.
Ishqingda bo'lg'ach xoki rah, bo'ldum balokashlarg'a shah,
G'am xaylidin tortib sipah, oh o'tidin chektim alam.
Bir qatla ko'rsang ani, bas, ta'n etmagay erding havas,
Ishqig'a, eykim, har nafas bizni qilursen muttaham.
Ey sarvqaddi mahliqo, Tengri qachon ko'rgay ravo
Mendin vafo uzra vafo, sendin sitam uzra sitam.
Yo'q fikri bu devonaning, titrar ichi hamxonaning
Kim, saqfi bu vayronaning ashkim suyidin bo'ldi nam.
Mutrib, navoyekom tut, mug' dayrida orom tut,
Soqiy, labolab jom tutkim, qasdi jonim qildi g'am.
Berganga g'am dahri dani mayxona basdur maskani,
Kim boda daf' aylar ani, yetsa kishiga har alam.
Dayr-u haramda sar-basar, ul yuzdin istarlar xabar,
Ko'p ham nizo' etma agar ul der samad, bu der sanam.
Deding topib jonon isi, toptim labidin jon isi,
Kelur bu so'zdin qon isi, tinma, Navoiy, asra dam.