Alisher Navoiy korpusi

399

Tutqali bodai gulgun qadi savsan mohim,

Savsani xonadurur har kecha manzilgohim.

Vahki, vasfida tilim loldurur savsandek,

Savsani to'n ila to jilvagar o'lmish mohim.

Ko'rgali qaddini savsan sari tuz boqmaymen,

Ushbu so'z tuzlugiga Tengri erur ogohim.

Manga dilxoh aning qad-u yuzidur, garchi

Savsan-u gul sari ko'p mayl qilur dilxohim.

Qomating xijlatidin savsan o'lubtur necha rang,

Yo bu nav' etmish ani shu'lavu dudi ohim.

Bu chaman savsan-u sarvig'a baqo chun yo'qtur,

Bo'lsa gul gashtidin aning, ne ajab, ikrohim.

Ey Navoiy, netayin sarv ila savsanki, erur

Savsani to'n bila ul sarvi ravon hamrohim.

  • Semantik izoh: