Alisher Navoiy korpusi

4

Ey, jamoling jilvasi mir'ot insu jon aro,

Lek o'lub ul jilva komil mazhari inson aro.

Topmag'an bo'lsa labingning sharbatidin choshni,

Bas bu ne jonbaxshliqdur chashmai hayvon aro.

Nega olam o'rtadi, husnung o'tidin lam'aye,

Tushmagan bo'lsa jamoli Yusufi Kan'on aro.

Tushmagan bo'lsa quyoshingdin qo'lig'a partave,

Bas ne bayzo erdi jaybi Musii Imron aro

Esmayin lutfung riyozidin chaman sori nasim,

Gulga bulbul qayda volih bo'ldi bu bo'ston aro.

Fayz agar olmas vujudung gulsitoni atridin,

Shammai naqshi vujud imkon emas imkon aro.

Tortibon solg'il Navoiyni karam daryosig'a

Kim, bo'lubtur g'arqa bahri bodai isyon aro

  • Semantik izoh: