Alisher Navoiy korpusi

40

Haq o'zin qildi muhib, sen oyni mahbub, ey habib,

Ul muhibqa sen kibi mahbub erur xo'b, ey habib.

Rog'ib erding ul muhib vaslig'a, chun shomi uruj

Topting, ulkim xotiringg'a erdi marg'ub, ey habib.

Bir sarimo' olam ahli bo'g'zidin parvoyi yo'q,

Aylagan o'zni sening hubbungg'a mansub, ey habib.

Bo'lsalar ahli muhabbat har kishining tolibi,

Bizga sendursen iki olamda matlub, ey habib.

Har kishi ahbobing ichrakim o'zin aylar hisob,

Bermayin jon ul muhibqa qayda mahsub, ey habib.

Chun shafoat daftari sendin tutarmen ko'z, ne g'am,

Har qo'lumg'a bersalar mahsharda maktub, ey habib.

Chun muhabbat ahlig'a toat hunardur, rahm qil Kim,

Navoiy keldi ul xayl ichra ma'yub, ey habib.

  • Semantik izoh: