
Alisher Navoiy korpusi

400
Qachon ko'rsam ul oyni, kuydurur jonimni afg'onim,
Agar ko'rmak muyassar bo'lmasa, miskin mening jonim.
Ko'zum yoshi tanim zaxmi bila ko'yung yo'lin tuttum,
Ki bir sari borur ashkim, yana sari borur qonim.
Tanimda buki pinhon dog'lardur, aylagay pinhon
Tanimni, har tarafdin bo'lsa paydo dog'i pinhonim.
Quyundek dasht uza sargashtadur xoki tanim, yoxud
Libos etmish quyunning pardasidin jismi uryonim.
Tanimg'a kelmadi ovora ko'nglum ko'yidin, go'yo
Unutmish xonumonin ul aloxon-u alomonim.
Yonimg'a keldi ul mahvash, dam urmon, lek naylaykim,
Ko'ngulning iztirobidin teshilgudekdurur yonim.
Ayoqchi mahvash-u may dilkashu ahli tarab sarxush,
Qadah kelturki, qilmoq porsoliq yo'qtur imkonim.
Zamon ashobining hajri qoshimda vaslidin xushroq,
Ki xushroqdur visolimdin alar ollida hijronim.
Navoiy ishq aro zunnor bog'lab kirdi dayr ichra,
Mug'ona bir qadah bermas hanuz ul nomusulmonim.